Ovozli tinglash

Ethereum tarmoğida rejalaştirilgan Glamsterdam yangilanişi 15 mingtagaça avtomatlaştirilgan dastur — aqlli kontraktlarning işini buzişi mumkin. Bu haqda Ethereum Foundation dasturçisi Marius van der Wijden duşanba kuni bölib ötgan dasturçilar qöngiroğida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CoinDesk. Uning söziga köra, bu Ethereum’dagi taxminan 90 mln aqlli kontraktning kiçik bir qismi, xavf ostida esa bir neça yuz ming dollar mablağ bölişi mumkin.

Muammo EIP-8037 va EIP-8038 texnik takliflari bilan boğliq. Ular tarmoqda ma’lumotlarni saqlaş va öqiş uçun tölov qanday olinişini özgartiradi. EIP-8037 ga köra, yangi doimiy holat (state) yaratiş oddiy hisoblaş gazidan alohida haq olinadi. Natijada kontraktni joylaştiriş narxi taxminan 32 000 gazdan 183 600 gazgaça, yangi xotira katagini yaratiş esa taxminan 20 000 gazdan 97 920 gazgaça oşadi. Bundan maqsad — kelgusi yangilanişlar har bir blokka köproq amal siğdirgani sari tarmoq ma’lumotlar bazasining haddan taşqari tez östib ketişining oldini oliş.

Ethereum logotipi

Köplab mavjud ilovalar xarajatlar oldindan ma’lum böladi deb hisoblaydi yoki boşqa kontraktlarni çaqirişda belgilangan miqdordagi gaz ajratadi, şu sababli ular yangi narxlarda nosoz işlaşi mumkin. Ethereum Magicians forumida e’lon qilingan xulosaga köra, ChainSecurity kompaniyasidan Tanguy Rocher 152 ta muammoni aniqlagan, ularning yarmi Foundation’ning içki tadqiqotlari bilan mos kelgan va jami taxminan 200 ta holat qayd etilgan. Dedaub esa ğayrioddiy gaz sarflaydigan 25 mingga yaqin kontraktni tekşirib, örta va yuqori xavfli 70 ta muammoni topgan, ulardan 22 tasini Foundation ötkazib yuborgan. Foundation’ning özi uçta jiddiy va kamida 25 ta örta darajali zaiflikni aniqlagan, ularning aksariyati tuzatilmoqda.

Takliflar mualliflaridan biri, Foundation tadqiqotçisi Ansgar Dietrichs yangilanişni davom ettiriş kerakligini ta’kidladi, biroq asosiy muhandislar taşqi dasturçilar bilan aniqroq muloqot qilişi zarurligini tan oldi. Boşqalar esa EIP-8037 dan voz keçiş katta kontraktlarni joylaştirişga töskinlik qilişi va xavfsizlik maqsadlarini zaiflaştirişi mumkinligidan ogohlantirdi. Duşanba kungi uçraşuv kelişuvsiz yakunlandi. Moslik muammolari sababli sinovlar oktabrdan beri keçikmoqda, Hoodi ommaviy sinov tarmoğida işga tuşiriş esa keyinga surildi. Dasturçilar taklifni payşanba kuni yana muhokama qiladi, Glamsterdam’ning aniq çiqiş sanasi hozirça yöq.