Ovozli tinglash

BYD kompaniyasining premium sub-brendi Yangwang 2026-yil 6-noyabr kuni U9 Xtreme elektr superkari soatiga 503,17 km tezlikka erişganini e’lon qildi. CnEVPost naşri xabar berişiça, sinov 1-noyabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahridagi ommaviy yölda ötkazilgan. CarNewsChina’ning yozişiça, bu soatiga 500 km dan oşgan birinçi seriyali avtomobildir.

Yangwang U9 Xtreme va uçuvçi Abu-Dabidagi yölda

Avvalgi rekord soatiga 496,22 km bölgan va u 2025-yil sentabrda Germaniyadagi ATP Papenburg sinov poligonida örnatilgan edi. Yangi natija undan 6,95 km/soat yuqori. CarNewsChina ta’kidlaşiça, bu safar sinov yopiq poligonda emas, balki issiq havo, yon şamol va çöl çangi şaroitida ötdi. Naşr ma’lumotlariga köra, avtomobilga Guinness rekordlar kitobining sertifikati ham topşirilgan.

Yangwang jamoasi Guinness sertifikati bilan

U9 Xtreme BYD’ning e4 platformasiga asoslangan va törtta elektr motor bilan jihozlangan. Har bir motorning quvvati 555 kW gaça yetadi va ular daqiqasiga 30 ming martagaça aylanadi. Umumiy quvvat 2220 kW, ya’ni 3000 ot kuçidan ortiq. Avtomobil 1200 voltli platformada qurilgan va 30C razryadlaniş tezligiga ega BYD Blade batareyasidan foydalanadi. Uning DiSus-X faol kuzov boşqaruvi tizimi, titan qotişmali karbon-keramik tormozlari va soatiga 500 km dan yuqori tezlikka möljallangan yarim slik şinalari bor.

Model butun dunyo böyiça atigi 30 dona işlab çiqariladi, bir donasining narxi 20 mln yuandan (taxminan 2,98 mln dollar) oşadi. Taqqoslaş uçun, oddiy Yangwang U9 narxi 1,8 mln yuandan boşlanadi. Bundan oldin, 2025-yil sentabrda U9 Xtreme Nürburgring Nordschleife trassasini 6 daqiqa 59,157 soniyada aylanib çiqib, bu trassada 7 daqiqadan tez yurgan birinçi seriyali elektromobilga aylangan edi.