Ovozli tinglash

BYD’ga qaraşli Fang Cheng Bao brendi Tai 6 modelini rejalaştirayotganini tasdiqladi. CnEVPost naşri xabar berişiça, bölim boş menejeri Xiong Tianbo 7-noyabr kuni Weibo’da internetda tarqalayotgan Tai 6 haqiqatan ham mavjudligini yozdi. Biroq u modelning çiqiş muddati, bozordagi örni va texnik xususiyatlarini ma’lum qilmadi.

Naşrning yozişiça, brendning Formula SL modeli 2027-yilda debyut qilişi kutilmoqda.

Fang Cheng Bao Formula SL sedani

Yaqin oylarda brend yana ikki modelni sotuvga çiqaradi. Olti örinli, 2+2+2 tartibli Tai 9 plagin-gibrid krossoveri şu oyning keyingi kunlarida sotuvga çiqadi: Xiong Tianbo 22-oktabrda bu 15-noyabrdan keyin bölişini aytgan edi. Shark pikapi esa Xitoyda dekabrda sotuvga çiqişi kutilmoqda. U ilk bor 2024-yil may oyida Meksikada sotuvga çiqarilgan, Xitoyda esa 2026-yil iyulida röyxatdan ötgan. Xitoy versiyasida 1,5 litrli turbodvigatel hamda old va orqa elektr motorlardan iborat plagin-gibrid tizim işlatiladi.

Fang Cheng Bao Formula S GT avtomobili

Formula S oilasi bu yilgi Pekin avtosalonida namoyiş etilgan edi. Formula S sedani va Formula S GT 16-sentabrda sotuvga çiqqan, narxi 189 900 yuandan (28 080 dollar) boşlanadi. Formula S egalari uçun ötkazilgan birinçi uçraşuvda Xiong Tianbo yetkazişlar sekin borayotgani uçun uzr söradi. Uning aytişiça, DiSus-C tizimli Formula S 7-noyabrda işlab çiqariş liniyasidan tuşdi va uni yetkaziş noyabr oyining örtasi yoki oxirida boşlanişi kutilmoqda. DiSus — BYD 2023-yil aprelida taqdim etgan aqlli kuzov boşqaruv tizimi, DiSus-C varianti esa amortizatorlarning elektromagnit klapanlarini boşqarib, ularning söndiriş kuçini özgartiradi.

Fang Cheng Bao 1-noyabrda umumiy sotuv 600 ming donaga yetganini e’lon qilgan. Brend oktabrda 43 872 ta avtomobil sotgan, bu ötgan yilning şu oyiga nisbatan 41,29 foiz köp. 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida sotuv 124,99 foizga oşib, 329 308 donani taşkil etgan.