BYD tarkibidagi Fang Cheng Bao brendi Shark pikapi 2026-yil 2-dekabrda Xitoyda sotuvga çiqişini ma’lum qildi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, avtomobil brendning DMO deb ataladigan yöltanlamas avtomobillar uçun gibrid platformasiga qurilgan. Aslida bu xorijiy bozorlarda allaqaçon taklif etilayotgan BYD Shark 6 pikapining Xitoy uçun versiyasidir.

Taşqi körinişda old qismda brend logotipi, vertikal joylaşgan ikki linzali faralar va dumaloq kunduzgi çiroqlar bor. Tom «suzib yurgandek» körinadi, ğildirak arkalari esa kengaytirilgan. Orqa çiroqlar old dizaynni takrorlaydi, yuk eşigida esa katta «SHARK» yozuvi joylaşgan.
Ikki kabinali beş örinli pikapning uzunligi 5457 mm, kengligi 1971 mm, balandligi 1925 mm, ğildiraklar orasidagi masofa esa 3260 mm. Kiriş burçagi 31 daraja, çiqiş burçagi 20 daraja. Yuk platformasining ölçamlari 1520 x 1500 x 517 mm. Avtomobil taşqi qurilmalarni elektr bilan ta’minlay oladi, tirkama uçun moslama va rozetka bilan jihozlangan, tomga esa qöşimça yuk tizimlarini örnatiş mumkin. Yuk platformasi uçun kemping töplamlari ham taklif qilinadi.

Salon Fang Cheng Bao Bao 5 modelinikiga öxşaydi: mexanik tugmalar, 15,6 dyuymli markaziy sensorli ekran, 10,2 dyuymli raqamli asboblar paneli va old oynaga ma’lumot çiqaruvçi displey mavjud. Rul ham Bao 5 dagi kabi tört kegaylidir.
Pikap ramali kuzovga ega va 1,5 litrli turbodvigatelli qayta zaryadlanadigan gibrid tizim bilan jihozlangan. Dvigatel quvvati 143 kVt (192 ot kuçi), old elektr motori 170 kVt (228 ot kuçi), orqa motor esa 150 kVt (201 ot kuçi) quvvat beradi. Tizimning umumiy quvvati 320 kVt yoki 429 ot kuçini taşkil etadi, maksimal tezlik soatiga 180 km. Narxlar hozirça e’lon qilinmagan.