Ovozli tinglash

BYD kompaniyasining Dynasty seriyasidagi flagman Da Tang elektr SUV modeli egalari zavodda oldingi va orqa ğildirak disklari almaştirib örnatilganidan şikoyat qilmoqda. CarNewsChina naşri BYD haqida yozadigan xitoylik 3YC User Report naşriga tayanib xabar berişiça, egalar bu xato şinalarning haddan taşqari yeyilişiga, hatto yorilişiga olib kelayotganini aytmoqda.

BYD Da Tang SUV modeli va uning ğildiraklari

Bir neçta avtomobil egasi ijtimoiy tarmoqlarda yozgan va Xitoydagi 12365auto.com şikoyatlar platformasiga murojaat qilgan. Ularning aytişiça, kundalik haydaşda avtomobil ğayrioddiy boşqariladi, avtomagistrallarda esa uni töğri çiziq böylab yuritiş qiyin.

Muammo faqat orqa ğildiraklari kengroq bölgan «950 km RWD» versiyasida uçramoqda. Bu versiyada oldinda 8J disklarga 255/50R20, orqada esa 9J disklarga 275/45R20 şinalar örnatilişi kerak. Egalar va BYD dilerlari ötkazgan tekşiruvlarda kengroq 9J disklar oldinda, torroq 8J disklar esa orqada turgani aniqlangan, şinalarning joylaşuvi esa özgarmagan.

Da Tang avtomobilining oldingi qismiga örnatilgan keng 9J diskka misol

Naşr ETRTO körsatkiçlarini keltirgan: 255/50R20 şinalar 7J dan 9J gaça disklarga mos keladi, ya’ni oldingi ğildiraklardagi bu holat texnik jihatdan mumkin, ammo xavfsizlik çegarasida turadi. 275/45R20 şinalar uçun esa 8,5J dan 10,5J gaça disk talab etiladi. Ularning 8J diskka örnatilişi şinaning yöl bilan tegiş yuzasiga, rulga javob berişiga va yon devorining tayançiga ta’sir qiladi. CarNewsChina fikriça, bu burilişlarda beqarorlikka va yuqori tezlikda muammolarga olib kelişi, barqarorlik tizimlari işini ham çeklaşi mumkin.

Zarar körgan egalar disk va şinalarning töliq töplamini berişni, avtomobilni töliq tekşirişni va şassi qismlari uçun kafolatni uzaytirişni talab qilmoqda. Maqola yozilgan paytda BYD muammoni rasman tan olmagan edi.

Da Tang Xitoyda 239 900 yuandan (35 900 dollar) sotiladi. Model 105,8 kVt·soat va 130,2 kVt·soat siğimli LFP batareyalar bilan taklif etiladi, CLTC sikli böyiça yuriş masofasi 950 km gaça (WLTP böyiça taxminan 770 km). China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, BYD 2026-yil sentabrida Xitoy bozorida 10 997 ta Da Tang yetkazib bergan.