Apple mustaqil ravişda kompyuter bilan işlay oladigan yangi sun’iy intellekt agentini işlab çiqmoqda. Bloomberg naşri xabar berişiça, bunday agent ilovalar bilan işlaşi, buyruqlarni bajarişi, kod yozişi va uçinçi tomon xizmatlariga murojaat qilişi mumkin. Kompaniya loyihani amalga oşirişga yordam beradigan muhandislik rahbarini qidirmoqda.
Vakansiyada kelgusi yordamçi kompyuterdan deyarli inson kabi foydalana oladigan tizim sifatida tasvirlangan: u veb-sahifalarni körib çiqadi, ilovalar bilan işlaydi, buyruqlarni işga tuşiradi, kod yozadi va tuzatadi, vazifalarni bajariş uçun kerakli vositalarni özi tanlaydi. Bu hozirgi Siri imkoniyatlaridan ançagina ilğor: agent faqat savollarga javob bermasdan, foydalanuvçi nomidan harakat qilişi kerak.

Bloomberg kolumnisti Mark Gurman fikriça, Apple yangi poyga uçun juda sekin qayta qurilmoqda va şakllanayotgan AI-agentlar bozorini raqobatçilarga boy berişi mumkin. Kompaniya qurilmalar va operatsion tizimlarni yillar oldin rejalaştiradi: Craig Federighi boşqaruvidagi bölimda keyingi tizim versiyasining asosiy funksiyalari odatda oldingi yilning yoz oxiri yoki kuz boşida belgilanadi. OpenAI, Anthropic va Google esa yangi modellar va funksiyalarni muntazam çiqarib turibdi. Gurman’ning fikriça, bu muammo 2024-yilda Apple Intelligence işga tuşirilganida ham körinib qolgan.
Apple sun’iy intellekt işlanmalarini tezlaştirişga urinmoqda. Dekabrda iOS 27.3 yirik yangilanişi kutilmoqda, ayrim funksiyalar unga sentyabr relizidan köçirilgan. Bahorda yana bir muhim yangilaniş çiqişi ehtimoli bor. Siri jamoasi ham qayta tuzilmoqda: yaqinda eski yordamçi infratuzilmasi ustida işlagan ayrim xodimlar qisqartirildi. Gurman’ga köra, Siri hali ham sekin javob beradi, uçinçi tomon ilovalari bilan integratsiyasi çeklangan va ba’zan oddiy vazifalarni ham bajara olmaydi.

Rejalarga köra, dekabrda Siri Apple ilovalari içida ketma-ket amallarni bajara oladi, kelasi yili esa bu imkoniyat uçinçi tomon ilovalariga ham kengayadi. Masalan, suratni topib, uni qirqib, aylantirib, elektron poçta orqali yuboriş, Uber çaqiriş yoki Resy orqali stol band qiliş mumkin böladi. Biroq Gurman buni oraliq bosqiç deb hisoblaydi. Uning fikriça, Apple öz töliqqonli AI-agentini 2027-yil oxirigaça çiqarmasligi mumkin, bu vaqtga kelib esa raqobatçilar foydalanuvçilarning raqamli hayotida mustahkam örnaşib olişi mumkin.