Twitter’da SnoopyTech nomi bilan tanilgan insayder Samsung Galaxy Tab S9 planshetlarining uchtasi ham aks etgan renderni chop etdi. Modellardan biriga (eng so'nggi Galaxy Tab S9 Ultra) suv sepilgan - avvalroq bu model IP67 darajasiga muvofiq suvdan himoyalanishi aytilgan edi.
Ilgari liniya modellari (Galaxy Tab S9, Galaxy Tab S9+ va Galaxy Tab S9 Ultra) turli regulyatorlar bazasida paydo bo'lgan. Masalan, katta versiya allaqachon AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) tomonidan sinovdan o'tgan. Galaxy Tab S9 seriyasining rasmiy premyerasi iyul oyida kutilmoqda. Ushbu qurilmalar bilan birgalikda Galaxy Z Flip 5, Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Watch 6 aqlli soatlari chiqarilishi kerak.