Xitoyning BAIC kompaniyasiga qaraşli Stelato brendi va Huawei 17-noyabr kuni Stelato V8 miniveni avtomagistrallarda L3 darajali avtonom haydaş tizimini sinovdan ötkaza boşlaganini e’lon qildi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, BAIC şaharlararo yöllarda soatiga 120 km gaça tezlikda L3 sinovlarini boşlagan birinçi xitoylik avtoişlab çiqaruvçi böldi. L3 darajasida avtomobil manzilga özi borayotgan paytda haydovçi yöldan çalğişi mumkin.
Real yöllardagi sinovlardan oldin avtomobil simulyatsiya va yopiq poligonda tekşirilgan. Sinov ssenariylari orasida yöl bölagida turgan avtomobillar, oldindagi sekin harakat va oldinda ketayotgan transportning keskin tormozlaşi bor. Tizim 120 km/soat tezlikda işlaydi, qatorni özgartiradi, avtomagistraldan çiqiş yöllarida tezlikni pasaytiradi, şuningdek, yengil va örtaça yomğir, qor hamda tunda ham faoliyat yuritadi.

Xitoy ilk şartli L3 ruxsatnomalarini Changan (Deepal SL03) va BAIC (ArcFox Alpha S) kompaniyalariga bergan edi: ular Pekin va Chongqing şaharlarining belgilangan hududlarida qat’iy tezlik çeklovi bilan amal qiladi. Keyinroq Xpeng, Li Auto, BYD, Avatr va boşqa brendlar ham şunday ruxsat oldi. L3 va L4 tizimlari uçun yangi avtonom haydaş standarti 2027-yil 1-iyuldan kuçga kiradi.
Stelato V8 Huawei’ning Qiankun ADS 5.0 tizimi bilan jihozlangan. U 38 ta datçikdan foydalanadi, ulardan törttasi LiDAR, tomdagi LiDAR esa 896 liniyali. Xuddi şu tizim Huawei bilan hamkorlikdagi köplab boşqa modellarda ham qöllanadi.

Minivenning uzunligi 5335 mm, kengligi 2005 mm, balandligi 1825 mm, ya’ni u Toyota Sienna’dan taxminan 160 mm uzunroq. Avtomobil Pekinda BAIC tomonidan işlab çiqariladi. Salonda 2+2+3 sxemasida yetti örindiq, uçta ekran, 21,4 dyuymli şift ekrani bor, jismoniy tugmalar esa yöq. Elektr versiyasi 120 kWh batareya bilan bitta motorli (227 kVt) variantda CLTC böyiça 830 km gaça, ikki motorli (387 kVt) variantda esa 775 km gaça yuradi. Masofasi uzaytirilgan (EREV) versiyada 1,5 litrli turbodvigatel generator vazifasini bajaradi, elektrda yuriş masofasi 330–430 km ni taşkil etadi.

Xitoyda oldindan buyurtmalar 329 800–449 800 yuan (taxminan 49 475–67 475 dollar) narxda qabul qilinmoqda. Sotuvlar Huawei’ning HIMA tarmoği orqali amalga oşiriladi, rasmiy sotuv 2026-yil 20-noyabrda boşlanadi. Model Xitoyda işlab çiqarilgan Mercedes-Benz VLE bilan raqobatlaşadi: u 27-noyabrda Guangzhou avtosalonida taqdim etiladi.