Apple Siri, Spotlight, Safari va boshqa funksiyalarni yaxshilash ustida ishlaydigan jamoaga muhandislarni yollamoqda.
Maqola yozilayotgan paytda Apple vakansiyalar veb-saytida AQSH va Xitoyda jamoa uchun o‘ndan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bor edi. Masalan, "Apple" "Siri"ning shaxsiy savollarga javob berish qobiliyatini yaxshilash uchun mashinaviy o‘rganish bo‘yicha muhandis izlamoqda. Bo‘sh ish o‘rni tavsifida aytilishicha, jamoa "maxfiylikka ustuvorlik bergan holda foydalanuvchilarning shaxsiy hujjatlaridan foydalangan holda ularning savollariga javob berish uchun mas’ul bo‘lgan" katta til modellarini ishlab chiqmoqda.
Bloomberg‘dan Mark Gurmanning aytishicha, jamoa "ChatGPT’ga o‘xshash yangi qidiruv tizimi"ni ishlab chiqishning dastlabki bosqichida va hatto bunday funksionallik uchun "alohida ilova" yaratish imkoniyatini o‘rganayotgan ko‘rinadi.
"Ishlab chiqishning dastlabki bosqichida bo‘lgan jamoa "javoblar tizimi" deb ataladigan tizimni ishlab chiqmoqda - bu internetni skanerlash va umumiy xarakterdagi savollarga javob bera oladigan tizim, - deb yozadi Gurman. - Hozirda alohida ilova, shuningdek, Siri, Spotlight va Safari’ning kelajakdagi versiyalarida qidiruv funksiyalarining ishlashini ta’minlashga mo‘ljallangan yangi ichki infratuzilma ishlab chiqilmoqda."