Ovozli tinglash

AnTuTu ishlab chiquvchilari smartfonlarning unumdorlik reytingini e’lon qildilar. Eng yuqori o‘ntalik ro‘yxatida Red Magic 10S Pro+ o‘rtacha 2,94 million ball ko‘rsatkich bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda vivo X200 Ultra (2,89 million ball), uchinchi o‘rinda iQOO Neo10 Pro+ (2,88 million ball).

Reytingda Samsung yoki Xiaomi’ning birorta modeli yo‘q - faqat Redmi K80 Ultra sakkizinchi o‘rinni egallagan. Vivo X200s bilan birgalikda bu Dimensity 9400+ ga asoslangan ikkita model.