Ovozli tinglash

Anthropic 2026-yil 2-noyabr kuni birjaga çiqiş (IPO) uçun tayyorlangan S-1 prospektining yangilangan versiyasini e’lon qildi. CNBC xabar berişiça, ötgan hafta çiqqan dastlabki prospekt faqat 2026-yilning birinçi yarmini qamrab olgan edi, yangi hujjatga esa uçinçi çorak natijalari qöşildi.

Hujjatga köra, kompaniyaning 30-sentyabrda yakunlangan uçinçi çorakdagi daromadi taxminan 17 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 1127 foiz köp. Şu bilan birga, çorak davomida sof zarar 23,29 mlrd dollarga yetdi. Yilning dastlabki töqqiz oyida Anthropic 33,24 mlrd dollar daromad oldi, bu bir yil oldingidan taxminan 1200 foiz yuqori.

Anthropic logotipi

Töqqiz oylik sof zarar 104 mlrd dollarni taşkil etdi. Hisobotga köra, bu zararning asosiy qismi konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar va derivativ majburiyatlarning adolatli qiymati özgarişi bilan bağliq. 2025-yilning şu davrida kompaniya zarari 25,1 mlrd dollar bölgan edi.

Daromad ösişi sekinlaşayotgani ham kuzatilmoqda: uçinçi çorakda tuşum oldingi çorakka nisbatan taxminan 47 foizga oşgan, vaholanki ikkinçi çorakda bu körsatkiç 144 foiz, birinçi çorakda esa 132 foiz bölgan. Bu orada hisoblaş quvvatlari va infratuzilma xarajatlari töqqiz oyda 14,4 mlrd dollarga, ya’ni 329 foizga oşdi. Kompaniyaning xarid majburiyatlari va ijara şartnomalari qariyb 895,4 mlrd dollarni taşkil etadi. Prospektda qayd etilişiça, ularning deyarli barçasi hisoblaş quvvatlari va infratuzilmaga tegişli.

Anthropic va SpaceX hamkorligi

Anthropic hisoblaş quvvatlarini Amazon, Google, SpaceX hamda boşqa bulut provayderlaridan oladi. Prospektda 90 sahifadan ortiq xavf omillari keltirilgan: ular orasida siyosiy qiyinçiliklar, infratuzilmaga bölgan katta ehtiyoj hamda xavfsizlik va tijorat maqsadlari örtasidagi muvozanat bor.

CNBC ma’lumotlariga köra, kompaniya yaqin orada investorlar oldida taqdimotlar turini boşlaydi. Raqobatçi OpenAI esa iyun oyida IPO uçun maxfiy ariza topşirgan, uning rahbarlari kompaniya birjaga 2027-yilda çiqişiga işora qilgan. Ayni paytda investorlar sun’iy intellektga sarflanayotgan ulkan mablağlar, foiz stavkalarining ösişi va ma’lumotlar markazlari uçun olingan qarzlardan xavotirda.