Kecha Xitoyda bo'lib o'tgan katta taqdimotda Huawei o'zining xususiy HarmonyOS operatsion tizimining yangi yutug'i bilan o'rtoqlashdi, u Huawei va Honor smartfon va planshetlarida Android o'rnini bosadi.

Huawei Consumer Business Group bosh direktori Yu Chengdongning so‘zlariga ko‘ra, HarmonyOS foydalanuvchilari soni allaqachon 300 milliondan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning aprelida 240 million, 2021-yil dekabrda – 220 million, oktyabrda – 150 million, sentyabrda esa 100 million foydalanuvchi marrasini bosib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Kuni kecha Huawei kompaniyasi HarmonyOS 3 asosidagi birinchi qurilmalar – Huawei MatePad Pro 11 plansheti va yangi Huawei Watch 3 Pro’ni taqdim etdi.