Xitoyda yangi yil bayrami munosabati bilan iPhone 14 smartfonlari va boshqa Apple qurilmalari narxlari arzonlashtirildi.
JD.com mashhur bozori chegirmalar 28-yanvargacha davom etishini e'lon qildi, iPhone 14 uchun chegirma esa deyarli 180 dollarga yetadi. Mashhurroq bo‘lgan iPhone 14 Pro modeli esa 132 dollarlik chegirmaga ega.
_large.png)
O‘tgan haftada ma’lum bo‘lishicha, Apple Xitoy bozorida savdo hajmini oshirish maqsadida yangi iPhone 14 smartfonlari narxini pasaytirishni davom etmoqda. O'sha paytda maksimal chegirma $150 edi. Apple iPad, MacBook, Apple Watch va boshqa Apple mahsulotlari uchun ham chegirmalar e'lon qilinadi. Xususan, Apple Watch Ultra 154 dollarga arzonlashgan.