Ovozli tinglash

Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, kamida sakkizta viloyatdagi bir nechta davlat firmalari va hukumat idoralari o'z xodimlariga so'nggi bir oy ichida mahalliy smartfon brendlariga o'tishni buyurgan.

Chjetszyan, Tszyansu, Guandun, Anxuy, Shandun, Shansi, Lyaoning va Xebeydan kelgan ishchilar Apple uskunasidan voz kechishga chaqirildi. Xebey provinsiyasi Xenan provinsiyasi yaqinida joylashgan bo‘lib, u yerda eng yirik iPhone ishlab chiqaruvchi zavod joylashgan.

Bloomberg taqiqning kengaytirilishi haqida xabar berganidan keyin Apple aksiyalari tushib ketdi. Xitoy Apple uchun hal qiluvchi bozor bo'lib qolmoqda. So'nggi o'n yil ichida mintaqada sotuvlar qariyb uch barobar oshdi.

iPhone

Apple vakili izoh berishdan bosh tortdi. Onlayn xavfsizlikni nazorat qiluvchi Xitoy Davlat kengashining Axborot byurosi va Kibermakon ma'muriyati so'rovga javob bermadi.

Xitoy hukumati avvalroq iPhone taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etib, shu bilan birga qurilma xavfsizligi haqida xavotir bildirgan edi. "Xitoy Apple yoki xorijiy brend telefonlarini sotib olishni taqiqlovchi qonun yoki qoidalar chiqarmagan", dedi TIV matbuot kotibi Mao Ning sentabr oyida bo'lib o'tgan matbuot brifingida.