Xiaomi Group prezidenti va Redmi brendining bosh menejeri Lu Veybing jamoatchilikni yangi qurilmalarning bugungi e'loniga tayyorlashda davom etmoqda.
Xususan, u Xiaomi Band 8 Pro fitnes bilaguzugining yangi suratini joylashtirdi, bu esa Xiaomi Band 8 Pro 1,74 dyuymli AMOLED ekranga ega bo‘lishini tasdiqlaydi – Xiaomi Band 7 Pro’dan 0,1 dyuym kattaroq.

Xiaomi Band 8 Pro avtonomiyasi 14 kunni tashkil qiladi - avvalgisidan ikki kunga ko'p. Always-on Display funksiyasi bilan fitnes bilaguzuk 6 kungacha ishlashi mumkin. Bilaguzuk yaxshilangan ikki kanalli optik sensorni oladi.
Bugun Redmi K60 Ultra, Xiaomi Mix Fold 3 va Xiaomi Pad 6 Max planshetlari ham taqdim etiladi.