Samsung Galaxy S23 uchun himoya g‘ilofi allaqachon Xitoyda sotuvga qo‘yilgan. Smartfonlar hali taqdim etilmaganiga ham qaramasdan. Smart View Wallet Case karnay uchun tor uyaga, shuningdek, ekranning yuqori o‘ng tomonidagi oynaga ega bo‘lib, unda har doim yoqilgan displey rejimida zaryad darajasi, sana va vaqt ko‘rsatiladi.

Avvalroq nufuzli insayder Roland Kvandt Samsung Galaxy S23, Samsung Galaxy S23+ va Samsung Galaxy S23 Ultra smartfonlari o‘rtasidagi barcha farqlarni aniq ko‘rsatuvchi taqqoslash jadvalini e’lon qilgan edi. Smartfonlarning jahon premyerasi 1 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.