Ovozli tinglash

Xitoyning NIO kompaniyasi boşçiligida yaratilgan 925 voltli elektr yuritma loyihasi Xitoy avtomobil muhandislari jamiyati (China-SAE) ning 2026-yilgi fan va texnika taraqqiyoti mukofotlarida birinçi darajali mukofotga sazovor böldi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, natijalar 28-oktabr kuni e’lon qilingan. Loyihada NIO bilan birga Tongji universiteti, Harbin fan va texnologiya universiteti hamda Baoshan Iron & Steel kompaniyasi iştirok etgan.

NIO jamoasi China-SAE mukofotini topşirish marosimida

Loyiha ma’lumotlariga köra, motorning quvvat ziçligi kilogrammiga 19,06 kVt, boşqaruv blokining quvvat ziçligi esa litriga 226,92 kVt ni taşkil etadi. Naşr bu körsatkiçlar alohida komponentlarga tegişli ekanini va ularni yağlit integratsiyalaşgan yuritma bloklari bilan taqqoslab bölmasligini ta’kidlaydi.

Tizimning yana bir xususiyati – kuçlanişni oşirib zaryadlaş. Buning uçun alohida kuçaytirgiç örnatilmaydi: motor çulğamlari induktivlik vazifasini bajaradi, invertor kalitlari esa jarayonni boşqaradi. Natijada past kuçlanişli zaryadlaş stansiyalaridan kelayotgan doimiy tok kuçlanişi yuqori voltli batareya uçun oşiriladi. Bu rejimda eng yuqori quvvat 202,78 kVt ga yetadi, ammo amaldagi quvvat zaryadlaş qurilmasi va avtomobil holatiga boğliq.

NIO statorda W-Pin arxitekturasidan foydalanadi: köplab alohida payvandlangan segmentlar örniga uzluksiz töğri burçakli mis ötkazgiçlar qöllaniladi. Har biri 5 metr uzunlikdagi 12 ta yassi mis sim 24 marta bukiladi. Muhandislar avval 180 darajaga ağdarib bukiş usulini sinab körgan, biroq takroriy aylantiriş simlarni çözib, izolyatsiyaga xavf tuğdirgan. Şu sababli tekis şakllantiriş jarayoniga ötilgan va natijada izolyatsiya qatlami 0,14 mm, motor yiğişdagi aniqlik esa 0,02 mm doirasida saqlangan.

Sinovlarda yuritma yuqori haroratda 1300 soat uzluksiz işlagan, 5500 metr balandlik şaroiti simulyatsiya qilingan holda 500 soatdan ortiq sinalgan, 5,5g gaça tebraniş hamda -40°C dan +85°C gaça haroratda ikki oydan ortiq sinovdan ötgan. NIO bu yönalişda 2015-yildan beri işlab, tört avlodni yaratgan. Yuritmaning ommaviy işlab çiqarilişi 2024-yil dekabrida boşlangan va u NIO ET9, ES8, ES9 hamda Onvo L90 va L80 modellariga örnatilmoqda. Loyiha doirasida 146 ta patent olingan va Xitoyning oltita milliy avtomobil standartiga hissa qöşilgan.