Google kompaniyasi mijozlar tez orada o‘zining bulutli xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lovni kriptovalyutalar bilan to‘lashi mumkinligini e’lon qildi. Google kompaniyasining Coinbase kripto birjasi bilan kelishuvi Google Cloud Next konferensiyasida e’lon qilindi, deb yozadi CNBC. Ushbu kelishuv doirasida Coinbase, o'z navbatida, Amazon xizmatlari o'rniga Google bulutli platformasidan foydalanishni boshlaydi. Google Cloud Platform xizmatlari dastlab faqat tanlangan mijozlarning kriptovalyuta toʻlovlarini qabul qiladi, biroq vaqt oʻtishi bilan Google koʻplab mijozlarga kriptovalyutalar yordamida xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Coinbase Commerce platformasi Bitcoin, Bitcoin Cash, Dogecoin, Ethereum va Litecoin kabi 10 ta kriptovalyutani qoʻllab-quvvatlaydi. Google va Coinbase o'rtasidagi kelishuv shartlari oshkor etilmadi, ammo ma'lumki, kripto birjasi u orqali o'tgan har bir tranzaksiyaning foizini oladi. Kriptovalyuta to‘lovi funksiyasi 2023-yil boshida ishga tushadi. Google shuningdek, tashkilotlarning kriptovalyutalarini xavfsiz saqlaydigan va ularga tranzaksiya qilish imkonini beruvchi Coinbase Prime xizmatidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Google o'zining kriptovalyuta aktivlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini o'rganishni rejalashtirmoqda, deya qayd etadi manba.