JPMorgan tahlilchisi Samik Chatterjining so'zlariga ko'ra, Apple kompaniyasining iPhone uchun kuchli talab kutayotgani amalga oshmasligi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil avvalgilaridan farq qiladi, chunki bu safar odatdagidan kamroq foydalanuvchi yangi iPhone’ga yangilashga qaror qilgan. U asosiy sabablarni ham aytib o‘tdi.
Birinchidan, foydalanuvchilarni iPhone 14 seriyasidagi kichik funksional o‘zgarishlar haqidagi xabarlar ilhomlantirmaydi, ikkinchidan, iPhone 14 Pro modellari narxi oshishi haqidagi xabar ularning ishtiyoqini pasaytiradi.

Shimoliy Amerika bozorining iyul oyidagi sotuv ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, iPhone 13 seriyali sotuvi juda kuchli bo‘lib qolmoqda, so‘ralgan foydalanuvchilarning atigi 10 foizi iPhone 14’ga qiziqish bildirgan.
iPhone 14 7-sentabr kuni taqdim etilishi kutilmoqda.