Ovozli tinglash

Financial Times nashriga ko‘ra, Apple o‘zining musiqa va televideniye xizmatlari uchun narxlarni oshirishni e’lon qildi. Bu xizmatlar ishga tushirilgandan beri obuna narxining birinchi marta oshishi.

AQShda Apple Music obunalari endi oyiga $11 turadi, bu avvalgi narxdan $1 yoki 10% qimmatroq. Kompaniya narxlarning oshishini litsenziyalash xarajatlari oshgani bilan izohladi va bu o‘sish natijasida san’atkorlar va qo‘shiq mualliflari ko‘proq daromad olishiga va’da berdi. Oilaviy obuna 2 dollarga oshdi va endi 17 dollarga taklif qilinmoqda.

Apple впервые с момента запуска подняла цену подписки на Apple Music и Apple TV+

Apple TV+ obunasi narxi 5 dollardan 6 dollarga (+20%) oshirildi. Beshtagacha Apple xizmatlarini o‘z ichiga olgan Apple One obunasiga kelsak, endi u bir kishi uchun 15 dollar yoki oilaviy obuna uchun 23 dollar turadi.

Avvalroq Amazon, Netflix va Disney Plus ham obuna narxlarini oshirgan. Spotify ham tez orada narxlarning oshishini e'lon qilishi mumkin.